Toshkent shahrida 17-Markaziy Osiyo xalqaro to'qimachilik uskunalari – “CAITME 2026” ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir an'anaviy “Global Textile Days” haftaligi doirasida tashkil etiladi.
“CAITME 2026” Markaziy Osiyodagi to'qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun muhim voqea bo'lib, mustaqil audit natijalariga ko'ra, MDH mamlakatlaridagi bunday formatdagi eng yirik ixtisoslashtirilgan ko'rgazma hisoblanadi.
Ko'rgazma mintaqaning to'qimachilik va tikuvchilik sohasini jihozlash va modernizatsiya qilishda muhim o'rin tutadi, ishlab chiqaruvchilarga samaradorlikni oshirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni mustahkamlashga yordam beradi.
Joriy yilda ko'rgazmada qariyb 20 mamlakatdan 250 ta kompaniya va brend ishtirok etadi. Germaniya milliy pavilon pavilon taqdim etadi, shuningdek, Avstriya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Turkiya, AQSh, Shveysariya va boshqa yetakchi to'qimachilik davlatlaridan kompaniyalar.


O'tgan yillardagidek, ko'rgazmada to'qimachilik uskunalari ishlab chiqarish sohasidagi taniqli jahon yetakchilari, Yevropa va Osiyodan ilg'or texnologiyalar yetkazib beruvchilarining faol ishtiroki kutilmoqda.
Jumladan, Rieter, Uster, Novibra, SSM, Spindelfabrik Sussen, Toyota, Muratec, Truetzschler, Saurer, Picanol, Santoni, Terrot, Habasit, MHMS, Vandewiele NV, Karl Mayer, Staubli, IRO, Biancalani, Ferraro, Epson, Zimmer Austria, Mario Crosta, Itema, Lafer, Motex Di Modiano Guido, Salvade`, Simet, Dettin, Sclavos, Effe, Mahlo, Lonati, Shima Seiki, Andritz Küsters, Brückner, Carl Schmale, Sossna, Texpa, Thies, Groz-Beckert KG, Kaeser Kompressoren, Schott & Meissner, Textima, Tetas, Temsan, Lakshmi Machine Works, Lakshmi Card Clothing, Precitex, Kansai, Brazzoli, Eliar, Guven Celik, West Global, CTMTC, Hengyi, Leadsfon, Rifa, Yingyang, Baoyu, Dyestar, NF Kimya, Eksoy, Deniz Kimya va boshqa ko'plab kompaniyalar taqdimotlar o'tkazadi.
Ko'rgazma tashkilotchilarining ma'lumotiga ko'ra, 9 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan “TextileExpo Uzbekistan Sourcing Hub” innovatsion loyihasi ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otadi. Bunda O'zbekistonda ilk bor to'qimachilik ishlab chiqaruvchilari va savdo tarmoqlari, fabrikalar hamda ixtisoslashtirilgan kompaniyalar xaridorlari sun'iy intellekt yordamida raqamli formatda to'g'ridan-to'g'ri B2B muzokaralar o'tkazishi mumkin bo'ladi.
https://drive.google.com/drive/u/0/folders/1nBUkXzHeF1F5lU-CGzZOI4CrmzOFfbZD
“Dunyo” AA
Toshkent sh.