
O’ZBEKISTONNING IQTISODIY VA SAYYOHLIK SALOHIYATI GERMANIYADA NAMOYISH ETILDI
Germaniyaning Gamburg shahrida mamlakatimizning iqtisodiy va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlangan taqdimot bo’lib o’tdi. Unda mazkur davlat jamoatchilik, akademik va ishbilarmon doiralari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O’ZBEKISTON “ITMA-2015” XALQARO KO’RGAZMASIDA
Shu kunlarda Italiyaning Milan shahrida dunyoning eng yirik eng zamonaviy to’qimachilik uskunalari ko’rgazmalaridan biri - “ITMA-2015” xalqaro ko’rgazmasi ochildi. Tadbir Xalqaro to’qimachilar federatsiyasi (ITMF) va Yevropa to’qimachilik mashinalari hamda asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi (CEMATEX) tomonidan tashkil etildi.
MEHNAT VAZIRLIGI VA JICA AGENTLIGI HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDI
O'zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Aziz Abduxakimov Yaponiyaning JICA agentligi vakolatxonasi rahbari Fushimi Katsitoshi bilan uchrashdi. Yapon tomonidan o'tkazish tashabbusi bildirilgan uchrashuvda O'zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va JICA o'rtasidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollari, shuningdek, “Muruvvat” uy-internatlari xodimlari uchun seminarlar davrasini tashkil etish muhokama qilindi.
FINLYANDIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
2015-yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Finlyandiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Xelsinki shahrida) Niklas Lindkvist bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarning holati va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, shuningdek mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
BAG‘RIKENGLIK – TINCHLIK VA BARQARORLIK ASOSI
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-modda




























