
O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI
Aziz vatandoshlarim!
Mana shu fayzli oqshomda bayram dasturxoni atrofida to‘planib o‘tirgan siz, hurmatli yurtdoshlarimni, butun O‘zbekiston xalqini yangi – 2016-yil bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga qut-baraka tilashni o‘zim uchun katta baxt, deb bilaman.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY SUDI TARKIBIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:
1. Uzak Bazarov va Genjemurat Pirjanov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari etib saylansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev
Toshkent shahri, 2015-yil 4-dekabr
BIRGALIKDAGI SA'Y-HARAKATLAR SAMARASI
Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi va YUNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligidagi «Onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish» loyihasining yakuniga bag’ishlangan anjuman bo’lib o’tdi.
O’ZBEKISTON “YEVROOSIYO HAFTALIGI - 2015” XALQARO ANJUMANIDA
O’zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) Parijdagi qarorgohida bo’lib o’tgan “Yevroosiyo haftaligi - 2015. Institutlarni optimallashtirish, o’zaro aloqadorlikni kuchaytirish va keng qamrovli o’sishni ta'minlash orqali Yevroosiyo mamlakatlari raqobatbardoshligini oshirish” mavzuiga bag’ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi.




























