
8–10 SENTYABR KUNLARI TOSHKENT TO'QIMACHILIK SOHASI MUTAXASSISLARINI BIR JOYGA TO'PLAYDI
Toshkent shahrida 17-Markaziy Osiyo xalqaro to'qimachilik uskunalari – “CAITME 2026” ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir an'anaviy “Global Textile Days” haftaligi doirasida tashkil etiladi.
“CAITME 2026” Markaziy Osiyodagi to'qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun muhim voqea bo'lib, mustaqil audit natijalariga ko'ra, MDH mamlakatlaridagi bunday formatdagi eng yirik ixtisoslashtirilgan ko'rgazma hisoblanadi.
Ko'rgazma mintaqaning to'qimachilik va tikuvchilik sohasini jihozlash va modernizatsiya qilishda muhim o'rin tutadi, ishlab chiqaruvchilarga samaradorlikni oshirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni mustahkamlashga yordam beradi.
Joriy yilda ko'rgazmada qariyb 20 mamlakatdan 250 ta kompaniya va brend ishtirok etadi. Germaniya milliy pavilon pavilon taqdim etadi, shuningdek, Avstriya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Turkiya, AQSh, Shveysariya va boshqa yetakchi to'qimachilik davlatlaridan kompaniyalar.
DUNYO RAQOBATI VA YANGI TINCHLIK DIPLOMATIYASI: YANGI OʻZBEKISTONNING GLOBAL MAYDONDAGI MAʼRIFAT SADOSI
Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan alohida maktub keldi. Siyosiy va diplomatik olamda katta ahamiyatga ega boʻlgan ushbu nomada AQSH rahbari Davlatimiz rahbarining Vashingtondagi Tinchlik kengashi taʼsis yigʻilishidagi faol va konstruktiv ishtirokini yuksak baholaydi. Maktubda muhtaram Prezidentimizning Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirayotgan yangicha islohotlari va erishilayotgan natijalari alohida eʼtirof etilib, Tinchlik kengashining navbatdagi yigʻilishiga hamda Mayamida oʻtadigan dunyoning eng nufuzli G20 sammitiga taklif etadi.
Soʻngida esa “Yaratgan Sizni va Oʻzbekistonning buyuk xalqini yorlaqasin”, degan yuksak ehtirom bilan yakunlanadi. Bilasizmi, bu voqelikning geosiyosiy mohiyati nimada?
Bu – dunyoning eng qudratli davlati rahbari Yangi Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi kichik davlat emas, global tinchlik, xavfsizlik va yangi dunyo tartibotini belgilab beruvchi strategik hamkor sifatida tan olayotganining ochiq eʼtirofidir.
YILNING DASTLABKI YETTI OYIDA O'ZBEKISTONGA 7,7 MILLIONDAN ORTIQ XORIJIY SAYYoH TASHRIF BUYURDI
Birgina iyul oyida mamlakatimizga 1,18 millionga yaqin xorijiy sayyoh keldi
2026 yilning yanvar–iyul oylarida O'zbekistonga sayyohlik maqsadlarida 7 million 749 ming 308 nafar xorij fuqarosi tashrif buyurdi.
Sayyohlar oqimi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 million kishiga yoki 22,6 foizga oshdi.
Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, eng ko'p sayyohlar qo'shni davlatlardan kelgan. Xususan, Qirg'izistondan — 2 million 177 ming 108 kishi, Qozog'istondan — 1 million 855 ming 562, Tojikistondan — 1 million 728 ming 978 nafar fuqaro tashrif buyurgan.
Keyingi o'rinlardan Rossiya — 710 ming 824 kishi, Afg'oniston — 281 ming 200, Xitoy — 269 ming 735, Turkmaniston — 192 ming 830, Turkiya — 111 ming 908, Hindiston — 32 ming 462 va Janubiy Koreya — 26 ming 512 nafar fuqaro bilan joy olgan.
MARKAZIY OSIYODA TA'LIM INTEGRATSIYASI: SHHT DOIRASIDAGI YANGI IMKONIYATLAR
Markaziy Osiyo geografik joylashuviga ko'ra, azaldan turli sivilizatsiyalar, madaniyatlar va ilmiy maktablar, ma'rifat o'choqlari tutashgan global chorraha bo'lib kelgan. Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida amalga oshirilayotgan ta'lim va ilm-fan integratsiyasi, akademik harakatchanlik hamda mushtarak tadqiqotlar zamonaviy zarurat emas, balki mintaqaning ming yillik tarixiy-madaniy merosi va boy ilmiy an'analariga asoslangan tabiiy, qonuniyatli jarayondir.
Albatta, azaldan Markaziy Osiyoda bilim va ma'rifat integratsiyasi hech qachon chegaralar, milliy yoki etnik cheklanishlarni bilmagan. Buyuk Ipak yo'li bo'ylab faqat savdogarlarning xilma-xil mollari emas, balki ilg'or g'oyalar, ilmiy kashfiyotlar va ta'lim uslublari ham jadal almashinilgan. Fikrimizni bu zaminda ilk ta'lim va bilim integratsiyasi kurtaklari bo'lmish «Avesto»ning “ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal” ta'limoti, So'g'd va Baqtriya madaniyati yorqin dalillaydi.
O'ZBEKISTON VA AQSh TRANSPORT-LOGISTIKA HAMKORLIGI: STRATEGIK SHERIKLIKNING YANGI BOSQICHI
O'zbekiston va Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasidagi munosabatlar so'nggi yillarda yangi bosqichga ko'tarilmoqda. Bugungi hamkorlik transport-logistika, aviatsiya, infratuzilma, raqamli texnologiyalar, moliyaviy xizmatlar, sanoat kooperatsiyasi va xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirish kabi strategik yo'nalishlarni qamrab olmoqda.
O'zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan davlat sifatida xalqaro bozorlarga chiqish, eksport geografiyasini kengaytirish va global ta'minot zanjirlariga faol qo'shilish masalalariga alohida e'tibor qaratmoqda. Shu nuqtai nazardan, transport-logistikainfratuzilmasini modernizatsiya qilish mamlakat iqtisodiy siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangan.
AQSh ilg'or texnologiyalar, aviatsiya sanoati, yirik moliyaviy institutlar, raqamli yechimlar va global logistika tajribasiga ega davlat sifatida O'zbekistonning ushbu strategik maqsadlarini amaliy jihatdan qo'llab-quvvatlay oladigan muhim hamkorlardan biri hisoblanadi.




























