
“TURKIY ELIM, SEN AZALDAN BUYUK ELDIRSAN!”
IA DUNYO
Dunyo tarixida, insoniyat taraqqiyotida turli davrlarda yuzaga kelgan sivilizatsiyalar, saltanatlarning o'rni va ahamiyati katta bo'lgan. Ular orasida turkiy xalqlar tomonidan asos solingan qadimiy davlatlar, ularning zaminida rivoj topgan madaniyat va tamaddunlar alohida o'rin tutadi. Olib borilayotgan tadqiqotlar o'tmishda turkiy xalqlar juda katta hududlarni o'z ta'sir doirasiga olgani, dunyo tarixida mislsiz o'zgarishlarga sabab bo'lganini ko'rsatmoqda.
Tarixingdur ming asrlar...
Turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi sanalgan O'rxun-Enasoy obidalari, Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'otit-turk” asari va boshqa ko'plab obidalar ajdodlarimizning naqadar yuksak aql-zakovat, salohiyat va idrok sohibi bo'lishganidan darak beradi. Xalqlarimiz dahosi timsoli bo'lgan Go'ro'g'li, Alpomish. Dada Qo'rqut. Manas, Edigey singari qahramonlik eposlari asrlar osha insoniyatni mardlikka, vatanparvarlikka, oliyjanoblikka undab kelmoqda.
O'ZBEKISTON PREZIDENTI 6-7 OKTYABR KUNLARI BO'LIB O'TADIGAN TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTINING NAVBATDAGI SAMMITIDA ISHTIROK ETADI
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan 6-7 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo'ladi.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida bo'lib o'tadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
“Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusida o'tkaziladigan yig'ilish kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari o'rin olgan.
Siyosat, savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi amaliy hamkorlik istiqbollari ko'rib chiqiladi.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar.
YUNESKO BOSh KONFERENSIYANING SAMARQANDDA O'TKAZILISHI O'ZBEKISTONNING JAHON MADANIY-MA'RIFIY TARAQQIYOTIGA QO'SHGAN HISSASINING E'TIROFIDIR
“Dunyo” AA
2023 yil noyabr oyida Parij shahrida bo'lib o'tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 42-sessiyasi yakunida uning navbatdagi, 43-sessiyasini 2025 yilda Samarqand shahrida o'tkazish bo'yicha tarixiy qaror qabul qilingan edi. Ushbu qarorni tashkilotga a'zo 194 davlatning barchasi qo'llab-quvvatladi. Bu esa so'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarga berilgan yuksak bahodir.
Ushbu tashabbus, shuningdek, O'zbekiston uchun katta diplomatik yutuq bo'ldi, chunki YUNESKO so'nggi 40 yil ichida birinchi marta o'z sessiyasini boshqa davlat hududida o'tkazilishini e'lon qildi.
Samarqandning ushbu jahon miqyosidagi tadbirni o'tkazish joyi sifatida tanlanishi mamlakatimizning madaniyat, ilm-fan, ta'lim kommunikatsiya va axborot sohalaridagi yutuqlari hamda boy tarixiy va madaniy merosining yaqqol e'tirofi hamdir.
Markaziy Osiyoning eng qadimiy va buyuk shaharlaridan biri bo'lgan Samarqand o'zining muhtasham me'moriy obidalari, boy tarixi bilan nom qozongan.
O'ZBEKISTON – BMT: BARQAROR TARAQQIYOT YO'LIDAGI HAMKORLIK
“Dunyo” AA
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20-24 sentyabr kunlari Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.
O'zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga to'la huquqli a'zo bo'ldi. Bu qadam yosh mustaqil respublika nafaqat barcha xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etishga, balki o'z tashqi siyosatini xalqaro huquq va BMT Nizomiga hurmat tamoyillariga asoslashga tayyor ekanligining asosiy tasdig'i bo'ldi.
O'shandan beri o'ttiz yildan ko'proq vaqt o'tdi va shu davr ichida Toshkent takliflari xalqaro maydonda keng aks-sado berayotgan faol global tashabbuslardan biriga aylandi.
BMTdagi ishtirok O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash,
O'ZBEKISTON PREZIDENTI NYU-YORK SHAHRIDA BO'LIB O'TADIGAN BMT BOSh ASSAMBLEYASINING 80-SESSIYASIDA ISHTIROK ETADI

IA DUNYO
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20-24 sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Nyu-York shahrida bo'ladi.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq so'zlaydi.
Ta'kidlash joizki, Bosh Assambleyaning bu yilgi yubiley sessiyasida global xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, BMT tizimi va xalqaro moliya arxitekturasini isloh qilish, iqlim o'zgarishi oqibatlari va boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari ko'rib chiqiladi.




























