
MARKAZIY OSIYo VA OZARBAYJON: “YASHIL” ENERGETIKA MAKONINI BIRGALIKDA BARPO ETAYOTGAN STRATEGIK SHERIKLAR
So'nggi yillarda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon energetika sohasidagi hamkorlik mutlaqo yangi bosqichga ko'tarildi. Bu jarayon, avvalo, davlat rahbarlarining o'zaro ishonch, do'stlik va yaxshi qo'shnichilik tamoyillariga asoslangan oqilona siyosati samarasidir. Ana shu qat'iy siyosiy iroda tufayli mintaqada ilgari faqat istiqbol sifatida baholangan yirik energetika tashabbuslari bugun amaliy bosqichga chiqib, Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti va global “yashil” transformatsiyasiga xizmat qilayotgan muhim loyihalarga aylanmoqda.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo energetika sohasida raqobat maydoni emas, balki o'zaro ishonch, manfaatlar mushtarakligi va barqaror taraqqiyot tamoyillariga asoslangan hamkorlik makoniga aylanib bormoqda.Bu jarayon mamlakatlar rahbarlarining uzoqni ko'zlagan siyosati, ochiq muloqoti va konstruktiv yondashuvi tufayli amaliy mazmun kasb etmoqda.
O'ZBEKISTON – QIRG'IZISTON: SUV BO'YICHA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
So'nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida O'zbekiston tashqi siyosatida yaxshi qo'shnichilik, o'zaro hurmat va amaliy hamkorlik ustuvor tamoyilga aylandi.
Bu siyosat natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllandi. Ilgari yechimi murakkab sanalgan ko'plab masalalar muloqot, kelishuv va umumiy manfaat asosida hal etilmoqda. Ana shu o'zgarishlar suv sohasida ham yaqqol namoyon bo'layapti.
O'zbekiston va Qirg'iziston munosabatlari bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng muvaffaqiyatli hamkorlik namunasi sifatida e'tirof etilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning siyosiy irodasi, muntazam uchrashuvlari, hukumatlararo komissiyalar faoliyati, sohaviy idoralar o'rtasidagi yaqin muloqot suv resurslarini boshqarishda mutlaqo yangi yondashuvni shakllantirdi. Eng muhimi, suvga nisbatan qarash o'zgardi.
O‘ZBEKISTON DUNYONING 121 DAVLATI ICHIDA ENG XAVFSIZ MAMLAKAT DEB TAN OLINDI
O‘zbekiston 121 mamlakatni o‘z ichiga olgan "Safety Perception Index 2023" – dunyoning eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi.
“Uzbektourism.uz” maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolar hayoti va sayohat qilishi uchun xavf darajasi minimal ekani aytilgan.
Eng xavfsiz mamlakatlar yuqori beshtaligidan shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Norvegiya va Estoniya joy oldi.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 14, Tojikiston 17, Qirg‘iziston 26-o‘ringa joylashgan.
Reytingning eng quyi qismini Gvineya, Syerra-Leone va Mali davlatlari egallagan.
"Safety Perception Index" oziq-ovqat va suv, zo‘ravonlik jinoyatlari, noqulay ob-havo sharoiti, aqliy sog‘lomlik hamda mehnat muassasalaridagi xavfsizlik kabi faktorlarga eʼtibor qaratadi.
O‘ZBEKISTON VA BELARUS: KASBIY TA’LIMDA STRATEGIK HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI
Bugungi kunda kasbiy ta’lim tizimi faqat bilim berish bilan cheklanib qolmay, o‘quvchini real ish muhitiga tayyorlashga qaratilgan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligi malakali kadrlar tayyorlashning eng samarali modelidir. Ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi natijasida yoshlar o‘qish jarayonidayoq kasb sirlarini amaliyotda o‘zlashtirish, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash va mehnat bozorining real talablarini chuqur anglash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Davlatimiz rahbarining ta’kidlaganlaridek, yoshlar zamon bilan hamnafas, kelajakka tayyor va zamonaviy bilimlar bilan qurollangan mutaxassislar sifatida tarbiyalanishi lozim. “Kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki”, degan hikmatli fikr bugun yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini belgilab bermoqda. Aynan shu sababli ham keyingi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikda kasb-hunar hamda professional ta’lim yo‘nalishi strategik ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
O‘ZBEKISTON BELARUS IQTISODIY HAMKORLIK OZIQ-OVQAT SOHASIDAGI ISTIQBOLLI LOYIHALAR
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan izchil ishlar yangi eksport bozorlarini o‘zlashtirish, logistika zanjirlarini takomillashtirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Shu maqsadda joriy yilning 1–6-iyun kunlari Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida agrar sanoat sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri – "Belagro–2026" xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, eksportni kengaytirish, investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.




























