
O‘ZBEKISTON–TURKIYA: ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI HAMKORLIKNING RIVOJLANISHI
Mahmud Haydarov-Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi bosh mutaxassisi
O‘zbekiston va Turkiya ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirib, bunda tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi vakillari muntazam ravishda Turkiya Respublikasida xalqaro tuzilmalar tomonidan tashkil etiladigan seminar, o‘quv kurslari va boshqa tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. Bunday hamkorlik formatlari professional aloqalarni mustahkamlash va ekologik boshqaruv sohasidagi ilg‘or yondashuvlarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Hamkorlikning muhim bosqichlaridan biri Turkiyaning Yaqin Sharq sanoat va savdo markazi (OSTIM) huzuridagi qayta tiklanuvchi energetika va ekologiya sohasida texnologiyalarni klasterlashga ixtisoslashgan “OSTIM Energik” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘ldi.
O‘ZBEKISTON VA TURKIYA: INSONPARVAR MEHNAT MIGRATSIYASI YO‘LIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga kutilayotgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — mehnat migratsiyasi sohasidagi izchil va amaliy hamkorlikdir.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston mehnat migratsiyasi siyosatini tubdan qayta ko‘rib, uni inson huquqlari, ijtimoiy himoya va qonuniy bandlik tamoyillariga asoslangan holda shakllantirdi. Bu yondashuv fuqarolarning xorijda xavfsiz, qonuniy va munosib mehnat qilishini ta’minlashni asosiy ustuvorlik sifatida belgilaydi.
Turkiya Respublikasi bilan hamkorlik aynan shu ruhda rivojlanmoqda. Ikki davlat hukumatlari o‘rtasida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan kelishuvning kuchga kirishi O‘zbekiston–Turkiya hamkorligida muhim bosqich bo‘ldi. Mazkur hujjat migrantlarning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, institutsional hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.
O‘ZBEKISTON – TURKIYA: O‘RMON XO‘JALIGI SOHASIDAGI HAMKORLIKNING AMALIY BOSQICHI
Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida o‘rmonlar hududini kengaytirish, yashillik darajasini oshirish, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur yo‘nalishlarda samarali natijalarga erishish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni mamlakatimizning iqlim sharoitiga mos holda amaliyotga tatbiq etish dolzarb hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi vakillaridan iborat delegatsiyaning 2025-yil oktabr oyida Turkiya Respublikasiga tashrifi doirasida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarida ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘rmon agentligi va Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminar doirasida ishtirokchilar Turkiyada o‘rmon barpo etish, ularni tiklash, ekologik tasniflash hamda barqaror boshqarish bo‘yicha tajribalar bilan tanishdilar. Xususan, seminarning dastlabki kunida turkiyalik mutaxassis Ahmed Yalvach tomonidan o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.
O'ZBEKISTON INVESTITSIYALAR, SANOAT VA SAVDO VAZIRLIGI 2017-2025 YILLARDA DAVLAT QARZLARI HISOBIGA NIMALAR QILINGANINI IZOHLADI
“Dunyo” AA
O'zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra 75,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, shundan 37,4 milliard dollari davlat tashqi qarzi hisoblanadi.
Bu yerda asosiy tamoyil oddiy: investitsiyalar va resurslarni jalb etishdan ko'zlangan maqsad - aholining turmush darajasini oshirishdir. Gap balandparvoz hisobotlar yoki raqamlar emas, balki odamlar kundalik hayotida his qiladigan real yaxshilanishlar – ish o'rinlari, oilalar daromadi, infratuzilma, toza ichimlik suvi, energiya, transport va sifatli ijtimoiy xizmatlar haqida ketmoqda.
Tashqi moliyalashtirishning iqtisodiy mantig'i ham aniq: iqtisodiyot tezroq o'sishi uchun resurslar – kapital, texnologiyalar, uskunalar va yangi bozorlar zarur. Agar mamlakat resurslarni jalb etishni to'xtasa, o'sish sekinlashadi: kamroq ish o'rinlari yaratiladi, yo'llar va ijtimoiy infratuzilmani yangilash, suv ta'minotini kengaytirish va arzon energiyani ta'minlash qiyinlashadi.
MARKAZIY OSIYO TRANSPORT INTEGRATSIYASI: O‘ZBEKISTON VA TURKMANISTONNING HISSASI
IA DUNYO
O‘zbekiston va Turkmanistonning transport sohasidagi hamkorligi bugungi kunda strategik ahamiyat kasb etib, Markaziy Osiyo bog‘liqligining yangi arxitekturasini shakllantiryapti va mintaqaning keng Yevrosiyo makoniga chiqishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda. Ikki davlatning Sharq–G‘arb va Shimol–Janub asosiy tranzit yo‘nalishlari chorrahasida joylashgani, bu logistika, multimodal tashuvlar va raqamli yechimlar sohasidagi qo‘shma loyihalarga yuqori talabni belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli mintaqada yaxshi qo‘shnichilik va ishonch muhiti mustahkamlanmoqda, transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlik va integratsiya chuqurlashmoqda.
Davlatimiz rahbari o‘zining yaqinda e’lon qilingan "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" nomli maqolasida ta’kidlaganidek: "Asta-sekin Markaziy Osiyoning yangi mintaqaviy o‘ziga xosligi deb atash mumkin bo‘lgan jihat vujudga kelmoqda.




























