• Uzbek
  • Украинский
  • Русский
  • English (UK)
  • slide1
  • slide2
  • slide3
  • slide4
  • slide5
  • slide6
  • slide7

gerb

Последние новости
TOSHKENT “SHANXAY RUHI”NING UMUMIY TAMOYILLARINI HAMKORLIKNING AMALIY MEXANIZMLARIGA O'TKAZMOQDA MARKAZIY OSIYODA TAʼLIM INTEGRATSIYASI: SHHT DOIRASIDAGI YANGI IMKONIYATLAR OʻZBEKISTON VA KOREYA RESPUBLIKASI: INVESTITSIYAVIY SHERIKLIKDAN TEXNOLOGIK KOOPERATSIYA SARI 8–10 SENTYABR KUNLARI TOSHKENT TO'QIMACHILIK SOHASI MUTAXASSISLARINI BIR JOYGA TO'PLAYDI DUNYO RAQOBATI VA YANGI TINCHLIK DIPLOMATIYASI: YANGI OʻZBEKISTONNING GLOBAL MAYDONDAGI MAʼRIFAT SADOSI YILNING DASTLABKI YETTI OYIDA O'ZBEKISTONGA 7,7 MILLIONDAN ORTIQ XORIJIY SAYYoH TASHRIF BUYURDI MARKAZIY OSIYODA TA'LIM INTEGRATSIYASI: SHHT DOIRASIDAGI YANGI IMKONIYATLAR O'ZBEKISTON VA AQSh TRANSPORT-LOGISTIKA HAMKORLIGI: STRATEGIK SHERIKLIKNING YANGI BOSQICHI O'ZBEKISTON TURIZMI O'SISh BO'YICHA MARKAZIY OSIYODA BIRINCHI O'RINNI EGALLADI TADBIRKORLIK SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA FAOL MULOQOT: PREZIDENTNING VI OCHIQ MULOQOTI - YANGI IQTISODIY YUKSALISh OMILI
  • Oʻzbekiston
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati
  • Elchixona
  • Tourism
  • Yangiliklar
  • Konsullik bo'limi
  • Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

Inter uslugi

 

Passport uz

  88888

fb2

instagram

  • Бош сахифа

TOSHKENT “SHANXAY RUHI”NING UMUMIY TAMOYILLARINI HAMKORLIKNING AMALIY MEXANIZMLARIGA O'TKAZMOQDA


SMTI direktori o'rinbosari Baxtiyor Mustafoev O'zbekistonning SHHT Bishkek sammitidagi asosiy tashabbuslari haqida fikr bildirdi

O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori o'rinbosari Baxtiyor Mustafoev “Dunyo” AAga intervyu berib, davlatimiz rahbarining 31 avgust – 1 sentyabr kunlari Bishkek shahrida bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ilgari surilgan tashabbuslar haqida so'z yuritdi.
– O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev qatnashgan Bishkek sammiti yakunlari xorijiy OAV va ekspertlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Aytingchi, SHHT O'zbekiston tashqi siyosatida qanday o'rin tutadi va nima uchun Toshkent bu maydonga alohida e'tibor qaratmoqda?
– O'zbekiston uchun SHHT vaziyatga qarab foydalaniladigan diplomatik format emas, balki tashqi siyosatning asosiy yo'nalishlaridan biridir. 2001 yilda O'zbekiston tashkilotning ta'sischi davlatlari qatoriga kirgan. Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Ijroiya qo'mitasi aynan mamlakatimiz hududida joylashgan, Markaziy Osiyo esa SHHTning geografik va strategik asosi sifatida rasman tan olingan.

O'ZBEKISTON PREZIDENTINING SERBIYAGA TASHRIFI: MARKAZIY OSIYo VA BOLQON O'RTASIDAGI IQTISODIY SHERIKLIKNING YANGI BOSQICHI

Iqtisodiyotdagi bugungi globalashuv, jahonda yuz berayotgan geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyat hozirgi kunda davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni nafaqat geografik yaqinlik, balki o'zaro manfaatlar uyg'unligi asosida rivojlantirmoqda.
Hozirgi kunda O'zbekistonning mustaqil va muvozanatli tashqi siyosat olib borayotganligi o'z navbatida mamlakatimiz bilan hamkor davlatlar sonining yildan-yilga ortib borishiga ta'sir ko'rsatmoqda. Ko'p qirrali tashqi siyosat eng avvalo yaqin qo'shnilarimiz bilan o'zaro hamkorlikni saqlagan holda dunyoning turli mintaqalaridagi davlatlar bilan har tomonlama manfaatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Xususan, O'zbekistonning Bolqon mintaqasi davlatlari bilan aloqalari so'nggi yillarda turli sohalarda rivojlanib borayapti. Bu borada Serbiya bilan hamkorlikni alohida ta'kidlab o'tish joiz.
O'zbekiston va Serbiya o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1995 yil 18-yanvarda o'rnatilgan. O'shandan buyon ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik turli darajalarda barqaror rivojlanib bormoqda.

MARKAZIY OSIYODA TAʼLIM INTEGRATSIYASI: SHHT DOIRASIDAGI YANGI IMKONIYATLAR

Мarkaziy Osiyo geografik joylashuviga koʻra, azaldan turli sivilizatsiyalar, madaniyatlar va ilmiy maktablar, maʼrifat oʻchoqlari tutashgan global chorraha boʻlib kelgan. Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida amalga oshirilayotgan taʼlim va ilm-fan integratsiyasi, akademik harakatchanlik hamda tadqiqotlar zamonaviy zarurat emas, balki mintaqaning ming yillik tarixiy-madaniy merosi va boy ilmiy anʼanalariga asoslangan tabiiy, qonuniyatli jarayondir.

Albatta, azaldan Markaziy Osiyoda bilim va maʼrifat integratsiyasi hech qachon chegaralar, milliy yoki etnik cheklanishlarni bilmagan. Buyuk Ipak yoʻli boʻylab faqat savdogarlarning xilma-xil mollari emas, balki ilgʻor gʻoyalar, ilmiy kashfiyotlar va taʼlim uslublari ham jadal almashinilgan. Fikrimizni bu zaminda ilk taʼlim va bilim integratsiyasi kurtaklari boʻlmish “Avesto”ning “ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal” taʼlimoti, Soʻgʻd va Baqtriya madaniyati yorqin dalillaydi.

Mintaqada kechgan tarixiy voqelik — Sharq Uygʻonish davri Markaziy Osiyoni til, maʼnaviyat va siyosiy mushtaraklik asosida dunyo ilm-fani va taʼlim tizimining markaziga aylantirdi.

OʻZBEKISTON VA KOREYA RESPUBLIKASI: INVESTITSIYAVIY SHERIKLIKDAN TEXNOLOGIK KOOPERATSIYA SARI

Oʻzbekiston–Koreya munosabatlari rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda. Ilgari ularning asosini savdo, investitsiyalar va uskunalar yetkazib berish tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda asosiy eʼtibor sanoat va texnologik kooperatsiyani chuqurlashtirishga qaratilmoqda.

Qoʻshma ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish, strategik muhim xomashyo turlarini qayta ishlash hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirish ikki tomonlama hamkorlik kun tartibining ustuvor yoʻnalishlariga aylanmoqda. Bunday yondashuv har ikki mamlakatning uzoq muddatli ustuvor maqsadlariga mos keladi.

Koreya Respublikasi xomashyo manbalarini diversifikatsiya qilish va taʼminot barqarorligini oshirishga intilmoqda.

Oʻzbekiston, oʻz navbatida, resurslarni chuqur qayta ishlash, ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirish hamda mamlakatda yaratiladigan qoʻshilgan qiymatni oshirishdan manfaatdor. Ushbu manfaatlarning oʻzaro uygʻunligi asosan investitsiyalarga tayangan hamkorlikdan keng qamrovli sanoat-texnologik sheriklikka oʻtish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

8–10 SENTYABR KUNLARI TOSHKENT TO'QIMACHILIK SOHASI MUTAXASSISLARINI BIR JOYGA TO'PLAYDI

Toshkent shahrida 17-Markaziy Osiyo xalqaro to'qimachilik uskunalari – “CAITME 2026” ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir an'anaviy “Global Textile Days” haftaligi doirasida tashkil etiladi.
“CAITME 2026” Markaziy Osiyodagi to'qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun muhim voqea bo'lib, mustaqil audit natijalariga ko'ra, MDH mamlakatlaridagi bunday formatdagi eng yirik ixtisoslashtirilgan ko'rgazma hisoblanadi.
Ko'rgazma mintaqaning to'qimachilik va tikuvchilik sohasini jihozlash va modernizatsiya qilishda muhim o'rin tutadi, ishlab chiqaruvchilarga samaradorlikni oshirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni mustahkamlashga yordam beradi.
Joriy yilda ko'rgazmada qariyb 20 mamlakatdan 250 ta kompaniya va brend ishtirok etadi. Germaniya milliy pavilon pavilon taqdim etadi, shuningdek, Avstriya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Turkiya, AQSh, Shveysariya va boshqa yetakchi to'qimachilik davlatlaridan kompaniyalar.

Варак 1 жами 142

  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • ...
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10

Dolzarb

 

 

tashkentlawspring.uz

uzlogo_v2.png

Mamlakatda o'tkaziladigan madaniy-ommaviy tadbirlar yagona kalendarda



O'ZBEKISTON sayyohlik

Khiva
Samarkand
Bukhara
Tashkent
Shakhrisabz
Margilan
Chimgan

FOYDALI MANBALAR

  • dunyo
  • logo
  • 25
  • MIA
  • mves


  • Интерактивные услуги
  • Электронная очередь по консульским вопросам

Наверх

Elchixona:
Tel.: +38 (044) 501-50-00, Faks: +38 (044) 501-50-01

E-mail: embassy@uzbekistan.org.ua

Konsullik:

Tel.: +38 (044) 501-41-82,  +38 (044) 501-41-81

E-mail: consul@uzbekistan.org.ua

Manzil:
st . Vladimir , 16. 01901 , Ukraina, Kiev

gerb

2019 Все права защищены

O'zbekiston Respublikasi ramzlari

  • Gimn
  • Bayroq
  • Timsol