Bugun poytaxtimizda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (EXHT DIIHB)ning O'zbekiston Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha referendumi dastlabki natijalari yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirda Referendumni kuzatish bo'yicha cheklangan missiya rahbari Albert Yonsson, uning o'rinbosari Lusine Badalyan, shuningdek, matbuot anjumani moderatori, media-tahlilchi Elma Shexalich ishtirok etdi.

«30 aprel kuni bo'lib o'tgan Konstitutsiyaviy referendum texnik jihatdan puxta tayyorlangan va turli huquq va erkinliklarni yaxshilash niyatida keng e'lon qilingan edi, - dedi YEXHT/DIIHB missiyasi rahbari Albert Yonsson. – O'zgartirishlar loyihasi bo'yicha maslahatlashuv jarayoni umuman qamrab olingan edi.

DIIHBning Referendumni kuzatish bo'yicha cheklangan missiyasining ko'plab suhbatdoshlari taklif etilayotgan o'zgartishlarni gender tengligini mustahkamlash, davlatning fuqarolar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi takomillashtirish sifatida olqishladi. Konstitutsiyaviy islohot jarayoni ancha uzoq davom etdi, ko'plab takliflar inobatga olindi.