– So'ngi yillarda O'zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy xayotidagi faolligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan say'-harakatlarini ijobiy baholaymiz.

Jumladan, mamlakatda 2016 yildan buyon xotin-kizlarning ijtimoiy siyosiy xayotidagi faolligini oshirishga karatilgan islohotlar natijasida xotin-qizlarning Parlamentdagi soni sezilari darajada oshgani, endilikda deputatlarning 48 nafari ayol bo'lib, 2 nafari Spiker o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatayotgani juda quvonarli holdir.

E'tiborga molik jihatlaridan yana biri sifatida kam ta'minlangan, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga muhtoj bo'lgan xotin-qizlarning muammolarini o'rganish va bartaraf etish bo'yicha qilinayotggan ishlarni ta'kidlash mumkin.

O'zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ularning sifatli ta'lim olishlarini ta'minlash, ayolar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash va shu kabi ko'plab boshqa yo'nalishlardagi dolzarb masalalar qamrab olingani, davlat va jamiyatning kelgusi ravnaqi uchun muxim ahamitga ega.