
KONSTITUTSIYAVIY QONUNNING MOHIYATI VA AHAMIYATI
Mirafzal Mirakulov - Konstitutsiyaviy komissiya yig'ma-axborot tahlil guruhi rahbari, yuridik fanlar doktori, professor.
Shu kunlarda xalqimiz vatanimizning taqdiri va kelajagi, milliy taraqqiyotimiz uchun g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'lgan yangilanayotgan konstitutsiya loyihasi bilan qizg'in tanishmoqda.
KONSTITUTSIYa O'ZI QANDAY HUJJAT?
Konstitutsiyaning dunyo bo'ylab yaratilishidan maqsad — inson huquqlarini amalga oshirish uchun kafolatlarni ta'minlash, insonni davlat, uning mansabdor shaxs¬larining huquqqa zid xatti-harakatlaridan himoya qilish hisoblangan.
Shuning uchun ham 1789 yilgi Inson va fuqaro huquqlari bo'yicha fransuz deklaratsiyasining 16-moddasida, - qaysiki jamiyatda inson huquqlari kafolatlari, xususan, hokimiyatlar bo'linishi ta'minlanmagan ekan, bunday jamiyat Konstitutsiyaga ega bo'lmaydi deb mustahkamlangan edi.
INSON SHA'NI VA QADR-QIMMATI UCHUN
Gabit Aydarov - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati sektor mudiri.
«Islohotlar tashabbuskori - jamiyatning o'zi» tamoyili asosida mamlakatni modernizatsiya qilish va Yangi O'zbekistonning qurilishi konstitutsiyaviy islohotlar bo'yicha umumxalq ovoz berish zarurligini taqozo etib, Bosh qonunimizni jamiyatdagi bugungi voqelikka va tezlashtirilgan islohotlarimiz mantig'iga moslashtirmoqda.
«Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalq bo'lishi kerak» degan g'oyaga asoslanib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo'yicha umumxalq muhokamasi o'tkazildi, uning davomida aholidan uni takomillashtirish bo'yicha 220 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi va ularning aksariyati inobatga olindi.
Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalar tufayli amaldagi 128 ta modda 155 taga oshdi, shundan 91 tasiga konseptual o'zgarishlar kiritildi.
Konstitutsiyada birinchi marta O'zbekiston - suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi o'zgarmas qoida sifatida mustahkamlanmoqda (1-modda). Ushbu prinsipial norma mamlakatimiz mustaqilligini saqlab qolish va yanada mustahkamlashga, «Inson sha'ni va qadr-qimmati uchun» tamoyili asosida islohotlarni jadal davom ettirishga va huquqning ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan.
UCHINCHI YUKSALISh DAVRI BESHIGI YARATILMOQDA YOHUD MILLIY AFSONANING MA'RIFIY HAQIQATLARI
Shoazim Minovarov - O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori
Yurtimizda tinchlik deb atalmish ulug' ne'mat hukm surmoqda. Ana shu ne'mat soyasida har yili Prezidentimiz tomonidan ramazon oyini munosib tarzda o'tkazish to'g'risida qaror chiqarilayotgani milliy-diniy qadriyatlarimiz, azaliy urf-odatlarimizga yuksak hurmat va ehtiromning amaliy in'ikosidir.
Yangilanayotgan diyorimizda tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat, o'zaro hamjihatlik, himmat va saxovat kabi an'analarimiz tobora mustahkam qaror topayotgan bir sharoitda, ramazon oyi ko'tarinki ruh bilan kutib olindi. Munavvar tonglarda, muazzam shomlarda qilinayotgan xayrli duolar diyorimizning musaffo osmonida rahmat, mag'firat va baraka bo'lib yog'ilmoqda.
Yurtimizdagi 1500 dan ziyod masjidda taroveh namozlarida xatmi Qur'onlar boshlandi. Imom Buxoriy va Imom Muslim hazratlari tomonidan rivoyat qilingan hadisda “Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: “Ramazon kelsa, jannat eshiklari ochiladi, do'zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi”, deyilgan.
MILLAT VA MAMLAKAT TAQDIRIGA DAXLDORLIK TUYG'USI. BU QADRIYAT XALQNI YUKSALISh SARI YETAKLAYDI
Qutbitdin Burhonov - Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi raisi
So'nggi yillarda O'zbekistonda kechayotgan islohotlar hayotimizning har bir jabhasida yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Bu islohotlar samarasi, avvalo, xalqimiz turmush tarzini va dunyoqarashini tubdan o'zgartirdi. Yurtdoshlarimizning jamiyatdagi o'zgarish va yangilanishlar jarayonida faolligi oshmoqda, davlat ahamiyatiga molik muhim loyihalar ijrosini ta'minlashda ishtiroki kengayayotir. Bularning barchasi inson manfaatini ulug'lab, obod va farovon jamiyat barpo etishni ko'zlagan ezgu sa'y-harakatlar natijasidir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o'z vazifasiga kirishgan ilk kunlardanoq kuchli demokratik davlat qurish, bu yo'lda xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo'yish, jamiyatda ochiqlik, oshkoralik muhitini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Bu borada kechiktirib bo'lmas vazifalarni aniqlab olish, ular tomon tizimli harakat qilish maqsadida dono xalqimiz bilan bamaslahat Harakatlar strategiyasi amalga oshirildi. Endi esa uning mantiqiy davomi bo'lgan Taraqqiyot strategiyasi asosida yangi, yanada ulkan vazifalar ijrosiga kirishilgan. O'tgan davr mobaynida mazkur hujjatlar asosida mamlakatda barcha sohalarda keng ko'lamli islohotlar kechdi. Bugun bu o'zgarish va yangilanishlarni odamlar o'z kundalik hayotida his etmoqda.
O'ZBEKISTON INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISh YO'LINI TANLADI
Timur Ahmedov - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti Bo'lim boshlig'i
2023 yil 30 aprelda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha referendum bo'lib o'tadi. Yangi Konstitutsiya "davlat — jamiyat — inson" tamoyilini "inson — jamiyat — davlat" tamoyiliga o'zgartirishga undaydi, ya'ni inson manfaatlarini hamma narsadan ustun qo'ymoqda.
Yangi Konstitutsiya loyihasiga ko'ra, insonning sha'ni va qadr – qimmati daxlsizdir-hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'la olmaydi. Shu bilan birga, fuqaroning davlat organlari bilan o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi noaniqliklar fuqaroning foydasiga talqin qilinadi.
Shu nuqtai nazardan shuni ta'kidlash kerakki, ushbu chora-tadbirlar mamlakat rivojlanish yo'nalishlarini aniq aks ettiradi va inson huquqlarini himoya qilish sohasida choralar ko'riladi. 2020-yilda O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy strategiyasi qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni Qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotiga tatbiq etish mexanizmlarini takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.