SHAVKAT MIRZIYOYEV: NURONIYLARNI E’ZOZLAGAN INSON KAM BO‘LMAYDI
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keksalarning hayoti darajasini oshirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI MULOQOT YAKUNLARI IDORALARARO MAJLISDA MUHOKAMA QILINDI
2017-yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov idoralararo majlis o‘tkazdi. Majlis ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik va boshqa davlat strukturalari vakillari ishtirok etishdi.
SHAVKAT MIRZIYOYEV YANGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH ZARURLIGINI TA’KIDLADI
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi sobiq «Signal» zavodi tarkibida tashkil etiladigan texnopark loyihasi bilan tanishdi.
Umumiy maydoni 5,1 gektar bo‘lgan mazkur hududda bugun keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hududda bino va inshootlar, kommunikatsiya tarmoqlari mavjud bo‘lib, turli loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatish, pardozlash va ishga tushirish muddati 2018-yilning birinchi choragiga belgilangan.
MILLIY AXBOROT MAKONI ISTIQBOLLARI
Yurtimizda hademay yangi — “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanali efir yuzini ko’radi. Prezidentimizning 2017 yil 2 may kuni qabul qilingan qarori bilan tashkil etilayotgan mazkur teleradiokanal tunu kun bevosita efir davomida zamonaviy jurnalistikaning barcha imkoniyatidan samarali foydalangan holda, mamlakatimiz tashqi va ichki siyosatining muhim masalalarini butun yurtimiz bo’ylab keng yoritib boradi.
O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o’rinbosari Bobir Alixonov Xalqaro press-klubning kecha bo’lib o’tgan navbatdagi majlisida qayd etishicha, bunday formatdagi teleradiokanalning ochilishi mamlakatimiz televideniyesi tarixidagi muhim voqyea hisoblanadi.
YURT TARAQQIYOTI YO‘LIDAGI MAS’ULIYAT
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish, inson omiliga ustuvor ahamiyat qaratish, aholining barcha qatlamlari manfaatlarini himoyalash borasidagi ezgu intilishlari barcha yurtdoshlarimizni Vatan ravnaqi yo‘lida mas’uliyatni teran anglash, ijtimoiy burchni chuqur his etishga chorlamoqda.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bugun barchamizdan davr talabi va ruhini teran anglashni talab etmoqda. Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi oldida turgan vazifalar haqida "Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik" mavzuidagi forumda atroflicha fikr yuritildi