
BIRGALIKDAGI SA'Y-HARAKATLAR SAMARASI
Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi va YUNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligidagi «Onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish» loyihasining yakuniga bag’ishlangan anjuman bo’lib o’tdi.
O’ZBEKISTON “YEVROOSIYO HAFTALIGI - 2015” XALQARO ANJUMANIDA
O’zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) Parijdagi qarorgohida bo’lib o’tgan “Yevroosiyo haftaligi - 2015. Institutlarni optimallashtirish, o’zaro aloqadorlikni kuchaytirish va keng qamrovli o’sishni ta'minlash orqali Yevroosiyo mamlakatlari raqobatbardoshligini oshirish” mavzuiga bag’ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi.
ILM-FAN YUTUQLARI - ISHLAB CHIQARISHGA
Navoiy viloyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni mufoviqlashtirish qo’mitasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda Navoiy davlat konchilik instituti hamkorligida “Kon-metallurgiya majmuasi: yutuqlar, muammolar va rivojlantirish istiqbollari” mavzuida VIII Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya bo’lib o’tdi.
PEDIATRIYADA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning bugungi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika pediatr shifokorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar, shifokorlar, Germaniya, Italiya, AQSh, Janubiy Koreya, Rossiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi.
TIVDA BO‘LIB O‘TGAN TAHLILIY UCHRASHUVGA DOIR
2015-yilning 23-noyabr kuni Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish bo‘yicha tahliliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv TIV vakolati doirasida xalqaro shartnomalar ijrosini nazorat qilishga bag‘ishlanib, unda qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro shartnomalarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi.