
TOSHKENTGA IKKINCHI “ORZU LAYNERI” KELDI
Bugun “Toshkent” xalqaro aeroportiga "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi tomonidan xarid qilingan ikkinchi “Boeing-787-8 Dreamliner” samolyoti kelib qo‘ndi.
SAMARQANDDA QISHLOQ XO‘JALIGINING DOLZARB MASALALARI BO‘YICHA XALQARO KONFERENSIYA O‘TKAZILDI
Samarqand qishloq xo‘jalik institutida “Markaziy Osiyoda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish: qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdosidagi dolzarb masalalar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI YIGIRMA YOSHDA
Poytaxtimizda «Temuriylar tarixi davlat muzeyi 20 yoshda: kecha va bugun» mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizdagi turli muzeylar rahbarlari, tarixchi olimlar va tadqiqotchilar, san’atkorlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
TOSHKENT – ANDIJON POYEZDI QATNOVI YO‘LGA QO‘YILDI
Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami arafasida qurilishi yakunlangan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali 27-avgust kuni yo‘lovchi poyezdi Toshkentdan Andijonga yo‘l oldi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Har qaysi xalqning ona tili va adabiyoti uning milliy ruhi va o‘zligining, madaniy-ma’rifiy olami, milliy g‘oyasining asosi hisoblanadi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak – millatning ruhini yo‘qotmakdur” degan hikmatli so‘zlari ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.