
QONUN USTUVORLIGI – INSON MANFAATLARINI TA’MINLASHNING MUHIM OMILIDIR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 7-yanvarda Prokuratura organlari xodimlari kuni oldidan bir guruh soha xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, prokuratura organlari mas’ul xodimlari va faxriylari ishtirok etdi.
FARZANDLARI SOG‘LOM YURTNING KELAJAGI BUYUKDIR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.
Videokonferensiya shaklida o‘tgan uchrashuvda hukumat a’zolari, senatorlar, viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sog‘liqni saqlash tizimi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
POYTAXTIMIZDA BIZNES OMBUDSMAN FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Oliy Majlis huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining hukuqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (biznes ombudsman) faoliyatining huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi.
O’ZBEKISTON YETAKCHILARI XALQARO HAYOTNING YETUK SHAXSLARI RO’YXATIDA
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov va mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning nomlari Ispaniyaning taniqli tahliliy mahkamalaridan biri - Barselona Xalqaro munosabatlar markazi tomonidan e'lon qilingan 2016-yilda xalqaro hayotning 40 nafar yetuk shaxslari ro’yxatidan o’rin oldi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI
Aziz va muhtaram vatandoshlar!
Betakror diyorimizga yangi – 2017-yil kirib kelmoqda.
Siz, muhtaram otaxon va onaxonlar, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoshlarimiz, butun xalqimizni yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.