O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi. 

Toshkent viloyati yuksak iqtisodiy salohiyati, ulkan tabiiy va insoniy resurslari, rivojlangan transport kommunikatsiyalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida yetakchi o‘rin tutadi. Viloyatda kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. 

Prezidentimiz joriy yilning 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida barcha jabhadagi islohotlarni yangi bosqichga ko’tarish, hudud taraqqiyotini ta'minlashga qaratilgan ulkan loyihalarni amalga oshirish, sanoatni jadal ravnaq toptirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish va eksport hajmini oshirish bo’yicha aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Shundan kelib chiqib, 2017-2018 yillarda vohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 4 yarim mingdan ortiq loyihalarga umumiy qiymati 2 trillion 667 milliard so’m miqdorida investitsiyalar jalb etish hamda 29 mingga yaqin ish o’rinlari yaratish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.

Seul shahrida O’zbekistonning to’qimachilik sohasi salohiyati va sarmoyaviy imkoniyatlariga bag’ishlangan anjuman bo’lib o’tdi. Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari va “O’zbekengilsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi delegatsiyasi qatnashgan mazkur tadbirda “Samwon”, “Sima”, “Dongsung”, “Kyu Sung Corp”, “Bugun Corp” kabi Janubiy Koreyaning bir qator yirik kompaniyalari rahbariyati hozir bo’ldi.

O’zbekistonda so’nggi vaqtlarda ro’y berayotgan o’zgarishlar, xususan, mamlakatimiz rahbarining turli sohalar rivoji borasidagi tashabbuslari Germaniya Kichik va o’rta biznes uyushmasining Gessen o’lkasidagi vakillarida ham katta qiziqish uyg’otmoqda.

Bu haqda uyushma direktori Yorg fon Netser “Jahon” axborot agentligi muxbiriga ma'lum qildi.

13635a86b11bfcc11542c28b8f3f3a0fO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Oliy Majlis huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining hukuqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (biznes ombudsman) faoliyatining huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi.