МИД РУ

Internet tarmogʻida ukrainalik jurnalist va bloger Dmitriy Gordonning isroillik tadbirkor Leonid Nevzlin bilan videointervyusi tarqalib, goʻyoki unda Eronning uchuvchisiz uchoqlari (dron) Oʻzbekiston hududida yigʻilayotgani toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumotlar keltirilgan.

Shuni alohida maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasi bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmaydi va oʻz hududida Eron harbiy texnikasini yigʻmaydi.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtgacha Ukraina tomonidan ham, boshqa xorijiy hamkorlardan ham “Eron dronlarini yigʻish” masalasi boʻyicha rasmiy murojaatlar kelib tushmagan.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ukraina rasmiy hukumatiga Ukraina ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston toʻgʻrisida ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishi mumkin boʻlgan bunday asossiz ayblovlar va boshqa ishonchsiz maʼlumotlar tarqatilishining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrishni soʻrab murojaat qiladi.

РУ Туркменистан

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar, shu jumladan:

РУ Туркменистан

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va u orqali qardosh turkman xalqiga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Turkmanistonda Serdar Berdimuhamedovning rahbarligida izchil amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosat tufayli davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida erishilayotgan katta yutuqlardan O‘zbekiston chin dildan xursand ekani ta’kidlandi.

Ushbu yangilanishlarning asoschisi Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ekani alohida qayd etildi.

President Ozbek tiliMuhtaram vatandoshlar!  

Avvalo, Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 

Байрамали Қўлдошев- Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзосиona tili

Дунёдаги қадимий ва бой тиллардан бири бўлган ўзбек тили халқимиз учун миллий ўзлигимиз ва мустақил давлатчилик тимсоли, бебаҳо маънавий бойлик, буюк қадриятдир.

Шавкат МИРЗИЁЕВ,
Ўзбекистон Республикаси Президенти

Сўзлашиш қобилияти — мавжуд неъматлар ичида энг қимматлиси, шарафлиси. Бугун инсон эришган тараққиёт, маънавий-маданий бойликларнинг бирортасини тил иштирокисиз тасаввур этиб бўлмайди. Аристотель машҳур “Табиатга тақлид” назариясида инсониятнинг илк сўзлари табиий товушларга тақлид натижасида юзага келган, деб тушунтиради ва бу ҳолни онг билан изоҳлайди.

Аммо юқоридаги гап анчайин баҳсли. Воҳада туғилиб ўсганим учун болалик ҳаётим ҳайвонлар орасида ўтган. Отдан йиқилганимда от менга қўшилиб йиғлагани, ит хурсанд ёки хафа бўлганига кўп бора гувоҳ бўлганман. Уларнинг онг даражасини икки ёшли гўдакдан паст дея олмаймиз. Бироқ гўдакдан фарқли ўлароқ, уларда бирор марта гапиришга истак, уриниш кўрмадим.